Buxoroda Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Germaniya transport va logistika sohasida ish o‘rinlari taklif etmoqda
Buxoroda Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi / Foto: iStock

Buxoro viloyatida fuqarolarni Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro uch nafar fuqaroning ishonchiga kirgani aniqlangan.

Tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘zini ko‘p yillardan buyon Germaniyaga ishlash uchun qatnab yurgan shaxs sifatida tanishtirgan. Shuningdek, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolarni Germaniyaga ishga yuborishini va’da qilgan.

Natijada mazkur shaxs ushbu va’dalar evaziga uch nafar fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan jami $19,8 ming hamda 2 mln so‘mni qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlangan edi.

Shuningdek