One UI 9.0 arzon Samsung smartfonlarida ham sinovdan o‘tkazilmoqda

2-iyul 2026 09:59 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
One UI 9.0 arzon Samsung smartfonlarida ham sinovdan o‘tkazilmoqda
Foto: SamMobile

Samsung One UI 9.0 yangilanishini nafaqat flagman, balki arzon Galaxy smartfonlari uchun ham tayyorlamoqda. Gizmochina ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya yangi interfeysni Galaxy A07, Galaxy A17 va Galaxy A16 kabi budjet modellarda ichki sinovdan o‘tkazmoqda.

Beta hozircha Galaxy S26 uchun ochiq

Hozircha One UI 9.0’ning ommaviy beta-versiyasi faqat Galaxy S26 seriyasi uchun mavjud.

Shunga qaramay, Samsung boshqa Galaxy qurilmalari uchun ham yangilanishni vaqtida chiqarish ustida ishlamoqda. Ichki testlar bir necha haftadan beri davom etayotgani aytilmoqda.

Budjet modellar ham ro‘yxatda bor

Avvaliga sinovlar, asosan, yuqori va o‘rta narx segmentidagi smartfonlarda olib borilgan.

Biroq test serverlarida Galaxy A07, Galaxy A17 va Galaxy A16 uchun ham One UI 9.0 proshivkalari aniqlangan. Bu esa yangi interfeys arzon Galaxy modellari uchun ham tayyorlanayotganini ko‘rsatadi.

Qaysi qurilmalar sinovdan o‘tkazilmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung One UI 9.0’ni quyidagi Galaxy qurilmalarida ichki sinovdan o‘tkazmoqda:

  • Galaxy S25, S25+ va S25 Ultra;
  • Galaxy S24, S24+ va S24 Ultra;
  • Galaxy S24 FE;
  • Galaxy S23, S23+ va S23 Ultra;
  • Galaxy Z Fold 7 va Galaxy Z Flip 7;
  • Galaxy A57, A56, A55 va A54;
  • Galaxy A35 va A34;
  • Galaxy A25 va A24;
  • Galaxy A17, A16 va A07;
  • Galaxy Tab S1;
  • Galaxy Tab S11 Ultra;
  • Galaxy Tab S10+ va Galaxy Tab S10 Ultra.

Kutilishicha, One UI 9.0’ning barqaror versiyasi Samsung’ning navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirida yangi buklanadigan smartfonlar bilan birga taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy smartfonlarida muammolar aniqlangandi. Samsung Galaxy smartfonlari va planshetlarida fayllarni simsiz ulashish uchun ishlatiladigan Quick Share funksiyasida bir nechta xavfsizlik zaifliklari aniqlangani ma’lum qilindi.

Shuningdek