Maosh 1 ming yevro: Slovakiyada kara haydovchilari uchun 70 ta ish o‘rni ochildi

eʼlon qilindi
Nomzodlardan kara haydash bo‘yicha kamida 6 oylik ish tajribasi talab etiladi
Maosh 1 ming yevro: Slovakiyada kara haydovchilari uchun 70 ta ish o‘rni ochildi / Foto: Prom.uz

O‘zbekiston fuqarolari uchun Slovakiyada kara haydovchisi sifatida ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi yangi bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Slovakiyada kara (pogruzchik) haydovchisi lavozimiga 70 nafar xodim ishga qabul qilinadi. Mazkur ish o‘rni uchun oylik maosh 1 ming yevroni tashkil etadi va bu summa xodimning qo‘liga tegadigan mablag‘ sifatida ko‘rsatilgan. Ish haftasiga 5 kun, kuniga 8 soatdan tashkil etiladi.

Nomzodlar 20–45 yosh oralig‘idagi erkaklar bo‘lishi, «B» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi, kara haydash bo‘yicha kamida 6 oylik ish tajribasiga ega hamda rus tilini muloqot darajasida bilishi lozim.

Ish beruvchi tomonidan xodimlarga turar joy xarajatlari qoplanadi hamda tibbiy sug‘urta rasmiylashtirib beriladi. Ishchi viza va aviachipta xarajatlari esa nomzod hisobidan amalga oshiriladi. Biroq ishga joylashgan taqdirda ushbu xarajatlar Migratsiya agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish nomzodlar soni 300 nafarga yetguniga qadar davom etadi. Belgilangan limit to‘lgach, arizalar qabuli to‘xtatiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni 71 202 33 55 (556, 911) telefon raqami orqali olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya qurilish sohasi bo‘yicha bir qator ishlarga taklif etgan edi.

Shuningdek