Yangi Tank 300 avtomobili namoyish etildi

2-iyul 2026 14:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi Tank 300 avtomobili namoyish etildi
Foto: ITHome

Great Wall Motors tomonidan yangi Tank 300 avtomobili rasmiy ravishda namoyish qilindi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Model uchun dastlabki buyurtmalar 6-iyuldan qabul qilina boshlaydi. Avtomobil dizayn, o‘lcham va texnik jihozlar bo‘yicha sezilarli yangilangan.

Yangi Tank 300’ning asosiy o‘zgarishlaridan biri — lidar tizimi qo‘shilgani bo‘ldi. Ushbu uskuna haydovchiga yordam beruvchi elektron tizimlar imkoniyatini kengaytirishi kutilmoqda. Lidar odatda avtomobil atrofidagi obyektlarni aniqroq aniqlash, yo‘l holatini kuzatish va ilg‘or haydovchi yordamchi funksiyalarida ishlatiladi.

O‘lchamlar

Foto: ITHome

Yangilangan yo‘ltanlamas avvalgi avlodga nisbatan kattaroq bo‘lgan. Uning uzunligi 4886 mm, eni 1984 mm, balandligi 1927 mmni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi esa 3010 mmga yetgan. Bu salon kengligi va yo‘ltanlamasning umumiy amaliyligini oshirishi mumkin.

Model endilikda to‘liq gibrid kuch qurilmalariga o‘tadi. Xaridorlarga Hi4-T va Hi4-Z versiyalari taklif etiladi. Har ikki talqin 2,0 litrli dvigatel asosida ishlaydi. Motorning maksimal quvvati taxminan 185 kVtni tashkil etadi. Kuch qurilmasi Honeycomb Energy kompaniyasining uch komponentli litiy-ion batareyasi bilan birgalikda ishlaydi.

Foto: ITHome

Tashqi dizayn

Tank 300’ning tashqi ko‘rinishi ham qayta ishlangan. Rasmiy suratlarda yo‘ltanlamas yanada zamonaviy va yirik ko‘rinishga ega bo‘lgani ko‘rinadi. Model o‘zining burchakli kuzovi, off-road uslubidagi dizayni va baland klirensi bilan avvalgi Tank 300 ruhini saqlab qolgan.

Narxlar sotuv boshlanishiga yaqin e’lon qilinadi. Yangilangan Tank 300 lidar, kattalashgan o‘lchamlar va gibrid Hi4-T/Hi4-Z versiyalari hisobiga bozorda yanada texnologik va raqobatbardosh yo‘ltanlamas sifatida ko‘rilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Chevrolet Tracker 2026 sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek