«Abu Sahiy» bozori yaqinida yuk mashinasining gaz balloni portladi
eʼlon qilindi
Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida

Ijtimoiy tarmoqlarda «Abu Sahiy» bozori hududida yuk avtomobilida gaz balloni portlagani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 3-iyul kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida yuk avtomobilida gaz balloni yorilgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar hodisa Kamaz rusumli yuk avtomobilida gaz balloni yorilishi oqibatida sodir bo‘lganini aniqlagan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoroda ikki qavatli uyda gaz portlagani haqida yozgandi.