Disney Moana 3 multfilmini ishlab chiqishni boshladi

3-iyul 2026 15:11 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Disney Moana 3 multfilmini ishlab chiqishni boshladi
Foto: Disney/Everett Collection

Disney studiyasi mashhur Moana animatsion filmining uchinchi qismi ustidagi ishlarni rasman boshladi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Yangi multfilm ssenariysini avvalgi loyihalarda hamkorlik qilgan Dana Ledoux Miller va Jared Bush yozadi. Hozircha film syujeti va ekranlarga chiqish sanasi haqida ma’lumot berilmagan.

Moana franshizasi muvaffaqiyatli davom etmoqda

Moananing ilk qismi 2016-yilda namoyish etilgan bo‘lib, unda Polineziya qabilasi boshlig‘ining jasur qizi Moana o‘z xalqini qadimiy la’natdan qutqarish uchun xavfli dengiz sayohatiga otlanishi hikoya qilingan.

2024-yilda ekranlarga chiqqan ikkinchi qismda esa voyaga yetgan Moana Okeaniya hududidagi tarqalib ketgan qabilalarni yana birlashtirish maqsadida yangi sarguzashtga yo‘l oladi.

Remeyk ham tomoshabinlarga taqdim etildi

Franshizaga qiziqish ortib borayotgan bir paytda, 10-iyul kuni Moananing o‘yinli (live-action) talqini ham premyera qilindi. Filmda bosh rolni 17 yoshli aktrisa Ketrin Lagaaya ijro etgan. Remeyk voqealari Tinch okeani orollarida, taxminan 2 ming yil avval sodir bo‘ladi va 14 yoshli malika Moananing oilasi hamda xalqini saqlab qolish yo‘lidagi sarguzashtlarini tasvirlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘yinchoqlar tarixi 5» multfilmi dam olish kunlarida 312 million dollar daromad keltirgani haqida yozgandi.

Shuningdek