Ronaldu va Portugaliya terma jamoasi nomchorak finalga yo‘l oldi

3-iyul 2026 06:09 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Kanadaning Toronto shahrida Jahon chempionatining pley-off bosqichida Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari to‘qnash keldi. Hisobda ortda qolayotgan portugallar kambek amalga oshirib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv tomonlarning ketma-ket hujumlari bilan boshlangan bo‘lsa-da birinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘limda esa kutilmaganda Xorvatiya hisobni ochdi. 53-daqiqada Stanishich qanotdan uzatgan to‘pni Ivan Perishich golga aylantirdi. Futbolchi to‘pni to‘xtatib, darvozaga to‘g‘rlab, zarba bergunga qadar unga hech kim halal bera olmadi.

Hisobda ortda qolayotgan Portugaliya hujumlarni kuchaytirdi va bu o‘z natijasini berdi. 68-daqiada xorvatiyaliklar o‘z jarima maydonlarida qo‘pol harakat qilishdi va bosh hakam penalti belgiladi. Jarima zarbasini Ronaldu golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Rafael Leau uzatgan to‘pni Gonsalo Ramush boshi bilan darvozaga yo‘llab, Portugaliyaga g‘alaba taqdim etdi. Yakuniy hisob — 2:1.

Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi turnir nimchorak finalida Ispaniya termasiga qarshi maydonga tushadi. Ispanlar play-offda Avstriya darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritgan edi.

Shuningdek