Sport

Ronaldu va Portugaliya terma jamoasi nimchorak finalga yo‘l oldi

Foto: FIFA.com

Kanadaning Toronto shahrida Jahon chempionatining pley-off bosqichida Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari to‘qnash keldi. Hisobda ortda qolayotgan portugallar kambek amalga oshirib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv tomonlarning ketma-ket hujumlari bilan boshlangan bo‘lsa-da birinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘limda esa kutilmaganda Xorvatiya hisobni ochdi. 53-daqiqada Stanishich qanotdan uzatgan to‘pni Ivan Perishich golga aylantirdi. Futbolchi to‘pni to‘xtatib, darvozaga to‘g‘rilab, zarba bergunga qadar unga hech kim xalal bera olmadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/video_2026-07-03_05-45-38.mp4

Hisobda ortda qolayotgan Portugaliya hujumlarni kuchaytirdi va bu o‘z natijasini berdi. 68-daqiqada xorvatiyaliklar o‘z jarima maydonlarida qo‘pol harakat qilishdi va bosh hakam penalti belgiladi. Jarima zarbasini Ronaldu golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/video_2026-07-03_05-45-45.mp4

Uchrashuv asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Rafael Leau uzatgan to‘pni Gonsalo Ramush boshi bilan darvozaga yo‘llab, Portugaliyaga g‘alaba taqdim etdi. Yakuniy hisob – 2:1.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/video_2026-07-03_06-12-02.mp4

Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi turnir nimchorak finalida Ispaniya termasiga qarshi maydonga tushadi. Ispanlar play-offda Avstriya darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritgan edi.