Chegaradan oʻtuvchi yuk mashinalari soni oshadi, Sergeli aholisini qiynayotgan badbo‘y hid muammosi hal qilinadi — 4-iyul kuni e’lon qilingan muhim yangiliklar

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan muhim yangiliklarni bir joyga jamladi
Круглосуточную торгово-сервисную улицу создали на Сергелях
Foto: Prezident matbuot xizmati

Chegaradan oʻtuvchi yuk mashinalari soni oshadi, Sergeli aholisini qiynayotgan badbo‘y hid muammosi hal qilinadi. Kursiv Uzbekistan 4-iyul kuni e’lon qilingan muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

2030-yilgacha chegaradan oʻtuvchi yuk mashinalari soni kuniga 10,5 mingtaga yetkaziladi

Oʻzbekistonda chegara bojxona postlarining oʻtkazuvchanlik quvvatini oshirish, yangi logistika markazlarini ishga tushirish va qoʻshni davlatlar bilan «yagona toʻxtash» tamoyilini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bojxona qoʻmitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonovning Oʻzbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida malum qilishicha, xorijiy davlatlar, xususan, qoʻshni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar kengaygani sari chegaradan oʻtayotgan transport vositalari oqimi ham keskin oshmoqda.

Yangi Sergeli ko‘chasida 18,7 mlrd so‘mlik savdo va xizmat ko‘rsatish hududi barpo etildi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Ittifoq mahallasida joylashgan Yangi Sergeli ko‘chasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Loyiha doirasida ko‘chaning 2,1 kilometrlik qismida infratuzilma yangilanib, hudud savdo, umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar xizmatlarni o‘z ichiga olgan kunu tun faoliyat yuritadigan maskanga aylantirildi. Loyihaning umumiy qiymati 18,7 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Toshkent va Maskat oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

4-iyul kuni Toshkent xalqaro aeroportida Oman Air aviakompaniyasining Maskatdan amalga oshirilgan ilk muntazam reysi kutib olindi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Ummon milliy aviakompaniyasining Maskat – Toshkent yoʻnalishidagi birinchi reysi soat 04:01 da Toshkent aeroportiga qoʻndi. Aviatsiya an’analariga koʻra, havo kemasi suv arkasi bilan kutib olindi.

Yangi yoʻnalish ishga tushirilishi bilan Oman Air Maskat va Toshkent oʻrtasida muntazam toʻgʻridan toʻgʻri parvozlarni amalga oshirishni boshladi. Reyslar haftasiga uch marta – seshanba, juma va shanba kunlari Boeing 737 samolyotlarida bajariladi.

Sergelida 30 mln dollarlik xususiy tibbiyot markazi ish boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida joylashgan Global International Hospital xususiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi.

Markazni barpo etish uchun $30 mln investitsiya yo‘naltirilgan. Umumiy maydoni 0,5 gektar bo‘lgan muassasa yiliga 150 mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Yillik xizmatlar hajmini 15 mlrd so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Xitoy kompaniyasi Buxoroda 30 ming o‘rinli zamonaviy stadion quradi

Buxoro viloyatida 30 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy markaziy futbol stadioni qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, stadion Buxoro tumanidagi «Bog‘idasht» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etiladi. Hozirda loyiha ishlari boshlangan.

Oliy ta’limda qator yangi yoʻnalish va mutaxassisliklar joriy etildi

Oʻzbekistonda oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Tegishli buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Oʻzgarishlardan maqsad oliy ta’lim tizimini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish hamda iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.

Sergeli va Yangihayot aholisini qiynayotgan badbo‘y hid muammosi hal qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisini qiynab kelayotgan badbo‘y hid muammosini 1-sentabrgacha bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi.

4-iyul kuni davlat rahbari raisligida Toshkent shahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisi uchun dolzarb bo‘lib kelayotgan masalalardan biri – suv tozalash inshooti atrofidagi badbo‘y hid ekani qayd etildi. Mutasaddilarga 1-sentabrgacha oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini o‘rnatib, muammoni bartaraf etish topshirildi.

Mirziyoyev AQSh Mustaqillik kuni munosabati bilan Trampni qutladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga mamlakat milliy bayrami — Mustaqillik kuni hamda ushbu sananing 250 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlat rahbari o‘z maktubida Amerika xalqiga O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy tabrik va ezgu tilaklarini bildirgan.

«Sizning dadil va shijoatli rahbarligingiz ostida AQSh iqtisodiy qudrati va ta’sirini yanada oshirib, global taraqqiyot hamda xavfsizlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda», — deyiladi tabrikda.

Shuningdek