Misr nimchorak finalda! Avstraliya Jahon chempionatini tark etdi

4-iyul 2026 01:53 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

AQShning Dallas shahrida Jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasida Avstraliya va Misr terma jamoalari kuch sinashdi. Keskin kechgan bahsning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq hujumkor o‘yin namoyish etgan misrliklar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yinning 13-daqiqasida Karim Xafezning aniq uzatmasidan so‘ng Imom Ashur raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

Foto: FIFA.com

Ushbu goldan so‘ng avstraliyaliklar muvozanatni tiklash uchun oldinga intilishdi. Ikkinchi bo‘limda ham o‘zaro hujumlar davom etdi va o‘yinning 55-daqiqasida Avstraliya terma jamoasi hisobni tenglashtirishga erishdi. Muhammad Xani o‘z hisobiga avtogol yozdirib qo‘ydi va tabloda 1:1 hisobi porladi.

Foto: FIFA.com

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob boshqa o‘zgarmadi va o‘yin ekstra taymlarga ko‘chdi. Jamoalarning hujumlariga qaramay darvozalar daxlsizligi qo‘shimcha taymlarda ham saqlanib qoldi. Penaltilar seriyasida esa Misr / Avstraliya ning qo‘li baland keldi.

Ma’lumot uchun, turnir jadvaliga ko‘ra, Misr va Avstraliya terma jamoalari juftligi g‘olibi nimchorak finalda Argentina va Kabo-Verde o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Avvalroq Kursiv nashri Portugaliya terma jamoasi nimchorak finalga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek