Afg‘onistondan dron orqali O‘zbekistonga opiy olib kirishga urinish bartaraf etildi

eʼlon qilindi
2 kilogramm 32 gramm opiy
Afg‘onistondan dron orqali O‘zbekistonga opiy olib kirishga urinish bartaraf etildi
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Surxondaryo viloyatida davlat chegarasi orqali giyohvandlik vositalarini olib o‘tishga qaratilgan navbatdagi noqonuniy urinishning oldi olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston hududidan noma’lum shaxslar Amudaryo orqali uchuvchisiz uchish apparati (dron) yordamida narkotik moddani O‘zbekistonga olib o‘tishga harakat qilgan.

Chegara qo‘shinlari va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida dron to‘xtatilib, unga mahkamlangan 2 kilogramm 32 gramm opiy musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda voqeaga aloqador shaxslarni aniqlash va barcha holatlarga huquqiy baho berish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda qariyb 3 tonna giyohvandlik vositalari yo‘q qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek