
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev homiylik avtomobillarini qabul qilib oldi. Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga ham xizmat avtomobili topshirildi.

Tarixiy sahifani yozgan futbolchilar
Tantanali marosimda futbolchilarga XPENG X9 premium elektr krossoverlari kalitlari topshirildi.
Aynan Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasining 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatidagi barcha gollari mualliflari bo‘ldi.
Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi Jahon chempionatlaridagi ilk gol muallifiga aylandi. Eldor Shomurodov esa musobaqadagi jamoaning ikkinchi tarixiy golini kiritdi.
Elektromobil narxi $62 mingdan $78 minggacha
Futbolchilarga topshirilgan XPENG X9 premium elektr krossoverining O‘zbekiston bozoridagi narxi komplektatsiyasiga qarab taxminan $62 mingdan $78 minggacha baholanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan futbolchi Abbosbek Fayzullayev oila qurgani haqida yozgandi.