Dollar kursi global bozorda oshishi mumkin — tahlil

Jahon valyuta bozorida dollar kursi bo‘yicha qarashlar o‘zgarib bormoqda. Investorlar orasida AQSh valyutasi yaqin oylarda yana mustahkamlanishi mumkin degan fikr ustunligicha qolmoqda, deb yozmoqda Oninvest.
Tahlilchilarga ko‘ra, agar AQShda inflyatsiya yuqori darajada saqlanib qolsa va FZT stavkalarni pasaytirishga shoshilmasa, dollar qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlov oladi. Geosiyosiy xavflarning kuchayishi ham investorlarni xavfsiz aktiv sifatida dollarga qaytarishi mumkin.
Shu bilan birga, bozorda yakdil fikr yo‘q. Ayrim ekspertlar dollar o‘sish salohiyatining katta qismi allaqachon narxlarga singganini ta’kidlamoqda. Mehnat bozori zaiflashsa yoki inflyatsiya pasaysa, AQSh valyutasiga bosim kuchayishi mumkin.
Taxminlar qanday
Ayrim yirik banklar yevro dollarga nisbatan $1,1 gacha tushishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bunday prognozni JPMorgan Chase, Morgan Stanley va boshqa moliyaviy institutlar ilgari surmoqda. Morgan Stanley tahlilchilariga ko‘ra, investorlar dollar bo‘yicha qisqa pozitsiyalarni yopishda davom etsa, bu yevroga qo‘shimcha bosim beradi.
HSBC esa dollar mustahkamlanishi bozor uchun eng «og‘riqli» ssenariylardan biriga aylanishi mumkinligini ogohlantirmoqda. Bank tahlilchilariga ko‘ra, agar FZT bozor kutganidan ko‘ra qat’iyroq siyosatga tayyorligini bildirsa yoki geosiyosiy keskinlik yana kuchaysa, dollar o‘sishi «portlovchi» tus olishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» dollar hafta davomida O‘zbekistonda qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

29-iyundagi 12 009,29 so‘mlik ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, dollar 99,63 so‘mga pasaydi. 30-iyundagi eng yuqori ko‘rsatkichdan hisoblaganda esa pasayish 151,18 so‘mni tashkil qildi.