Gaz, elektr va benzin narxi oshdi — iyun oyida nimalar o‘zgardi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Ushbu oyda inflyatsiya 0,6 foizgacha tezlashgan
Gaz, elektr va benzin narxi oshdi — iyun oyida nimalar o‘zgardi
Foto: Romon Fedotov

O‘zbekistonda 2026-yil iyun oyida gaz, elektr va benzin narxi oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yillik hisobda narxlar o‘sishi 6,4 foizni tashkil etdi. Ushbu oyda inflyatsiya 0,6 foizgacha tezlashgan.

Iyun oyida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari sezilarli qimmatlashdi. Guruch narxi 2,3 foizga oshdi, grechka va pasterizatsiya qilingan sut 1,2 foizga qimmatlashdi. Shakar, qo‘y go‘shti va mol go‘shti narxi 1 foizga, tuxum 0,8 foizga, yangi baliq esa 0,7 foizga oshgan.

Shu bilan birga, mavsumiy hosil hisobiga sabzavot va mevalar narxi pasaydi. Baqlajon 46,6 foizga, pomidor 38,3 foizga, bulg‘or qalampiri 31,4 foizga arzonlashdi. Tarvuz narxi 26,3 foizga, bodring 25 foizga, uzum esa 18,7 foizga pasaydi.

Kommunal to‘lovlar ham ko‘paydi

Iyun oyidan aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangi tariflar amal qila boshladi. Natijada respublika bo‘yicha elektr energiyasi o‘rtacha 9,6 foizga, tabiiy gaz esa 10,7 foizga qimmatlashdi. Bu omillar iyun oyidagi inflyatsiyaga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Yonilg‘i bozorida eng katta o‘sish propan narxida kuzatildi: u bir oyda 11,3 foizga qimmatlashdi. Metan narxi 8,8 foizga, benzin esa o‘rtacha 3,9 foizga oshdi. Benzin turlari orasida eng katta o‘sish AI-95 markasida qayd etildi – uning narxi 6 foizga ko‘tarildi. AI-92 benzini 3,6 foizga, AI-98 va AI-100 esa 3,9 foizga qimmatlashdi.

Avvalroq «Kursiv» dollar kursi global bozorda oshishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek