
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Daniel Naroditskiy xotirasiga bag‘ishlangan Naroditsky Memorial 2026 turnirida rapid va blitz yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Rapid yo‘nalishida 6 ochko jamg‘ardi

Sindarov Naroditsky Memorial Rapid 2026 turnirini 7 imkoniyatdan 6 ochko bilan yakunladi.
U tay-brekda hindistonlik Aravind Chitambaram ustidan g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu yo‘nalishdagi g‘oliblik uchun shaxmatchi $3 ming mukofotga ega chiqdi.
Blitzda ham birinchi bo‘ldi

Javohir Sindarov Naroditsky Memorial Blitz 2026 turnirida ham chempion bo‘ldi.
U blitz yo‘nalishida 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni ta’minladi. Ushbu g‘alaba uchun Sindarov $6 ming bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Javohir Sindarov Naroditsky Memorial 2026 turnirida rapid va blitz yo‘nalishlarida chempion bo‘ldi. Avval rapidda zafar quchgan shaxmatchi keyin blitz bahslarida ham yuqori natija qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik besh nafar shaxmatchi Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE reytingining kuchli yuztaligidan joy olgandi. Yangilangan reytingda Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli o‘n shaxmatchisi qatorida qolmoqda.