
Prime Video afsonaviy bokschi Muhammad Ali hayoti haqida suratga olingan The Greatest (Buyuk) serialining ilk tizer-treylerini taqdim etdi. Bu haqda Afisha daily nashri xabar berdi.
Sakkiz qismdan iborat loyiha 4-noyabr kuni tomoshabinlarga havola etiladi.
Serialda bosh qahramon obrazini Jaalen Best gavdalantirgan. Syujet nafaqat Alining ringdagi g‘alabalari, balki uning shaxsiy hayoti va jamoatchilik faoliyatini ham yoritadi.
Tizerda bosh qahramon: «Meni hech kim mag‘lub eta olmaydi. Men tarixdagi eng yosh og‘ir vazn toifasi jahon chempioniga aylanaman», deya o‘ziga bo‘lgan ishonchini namoyish etadi.
Loyihada, shuningdek, Jim Chad, Deyv Devis, Brendon MakNayt, Riko E. Anderson va Jovanni Ribizi kabi aktyorlar rol ijro etgan. Serial prodyuserlaridan biri mashhur aktyor Maykl B. Jordan bo‘lsa, ssenariy muallifi Josh Ueykli hisoblanadi.
Muhammad Ali (asl ismi Kassius Kley) professional boks tarixidagi eng buyuk sportchilardan biri sanaladi. U uch karra og‘ir vazn toifasi jahon chempioni va 1960-yilgi Olimpiada oltin medali sohibi bo‘lib, sportdagi muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy faolligi bilan ham dunyoga tanilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Forsaj»ning so‘nggi filmi suratga olinayotgani haqida yozgadi.
