Yangi Tank 300 avtomobili sotuvga chiqishga tayyor

6-iyul 2026 10:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi Tank 300 avtomobili sotuvga chiqishga tayyor
Foto: Tank/ Autohome

Great Wall Motor Xitoyda yangilangan Tank 300 yo‘ltanlamasini namoyish qildi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda.

Model qayta ishlangan dizayn, kattalashgan kuzov, yangi Hi4-Z gibrid tizimi va zamonaviy haydovchiga yordamchi tizimlar uchun lidar bilan jihozlanadi. Xitoyda avtomobilning dastlabki savdolari 6-iyuldan boshlanishi kutilmoqda, narxlar esa hozircha e’lon qilinmagan.

Yangilangan Tank 300 tashqi ko‘rinishda yangi radiator panjarasi, qayta ishlangan bamperlar va yangilangan TANK emblemasi bilan ajralib turadi. Tom qismiga lidar o‘rnatilgan, yon oynalarga esa intellektual haydash tizimlari indikatorlari joylashtirilgan. Salon arxitekturasi avvalgi modelga yaqin saqlangan, biroq klassik uch spisali rul qaytarilgan, shuningdek, raqamli panel, katta markaziy ekran va elektron uzatma selektori mavjud.

Foto: Tank/ Autohome

Texnik imkoniyatlar

Avtomobil o‘lchamlari 4886 × 1984 × 1927 mmni, g‘ildirak bazasi esa 3010 mmni tashkil qiladi. Bu hozirgi Tank 300’dan 136 mm uzun, 54 mm keng va 24 mm baland degani. Eng katta o‘zgarish g‘ildirak bazasida: u 260 mm’ga uzaygan. Taqqoslash uchun, Tank 500 modelining g‘ildirak bazasi 2850 mm. Kuch qurilmalari qatoriga benzinli va ulanadigan gibrid versiyalar kiradi.

Gibrid modifikatsiya 251 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbomotor hamda bitta yoki ikkita elektromotor bilan taklif etiladi. Batareya sig‘imi 37,1 va 59,6 kVt/soat bo‘lib, elektr rejimidagi yurish zaxirasi mos ravishda 105 va 200 km’gacha yetadi.

Foto: Tank/ Autohome

Hi4-T versiyasi og‘ir yo‘lsizlik uchun, Hi4-Z esa kundalik va universal foydalanish uchun mo‘ljallangan. Benzinli versiyalarda 238 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbomotor va 360 ot kuchiga ega 3,0 litrli V6 dvigatel taklif qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» Tank 300 avtomobili namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek