Qirg‘izistonda 181 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot bilan aviahodisa yuz berdi

eʼlon qilindi
Samolyot Bishkek – O‘sh yo‘nalishi bo‘yicha parvozga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan
Qirg‘izistonda 181 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot bilan aviahodisa yuz berdi / Foto: «Qirg‘iziston aeroportlari» OAJ

Qirg‘iziston poytaxtidagi Manas xalqaro aeroportida bortida 181 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot ishtirokida aviahodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Kazinform nashri ma’lum qildi.

Bishkek shahridagi Manas xalqaro aeroportida TezJet aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti yon tomonga og‘ib ketdi. Hodisa haqida dastlab guvohlar xabar bergan bo‘lsa, ma’lumotni keyinchalik «Qirg‘iziston aeroportlari» OAJ ham tasdiqladi.

Dastlab samolyot Jaloloboddan Bishkekka uchib kelgani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq guvohlarning ma’lum qilishicha, havo kemasi Bishkek – O‘sh yo‘nalishi bo‘yicha parvozga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan va uchish vaqtida yon tomonga og‘ib ketgan.

Foto: «Qirg‘iziston aeroportlari» OAJ

Hodisadan so‘ng barcha yo‘lovchilar favqulodda evakuatsiya traplari orqali samolyotdan tushirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jiddiy jabrlanganlar yo‘q. Ayrim yo‘lovchilar yengil jarohatlar va tirnalishlar olgan.

Manas xalqaro aeroportining ma’lum qilishicha, hodisaga samolyotning old shassisi bilan bog‘liq nosozlik sabab bo‘lgan. Hodisadan keyin havo kemasi uchish-qo‘nish yo‘lagida qolib ketgan. Shu sabab aeroport faoliyati vaqtincha cheklanib, mahalliy vaqt bilan soat 16:35 holatiga barcha reyslar to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Air India uchuvchisi havo hududi buzilgani uchun chetlatilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek