Sport

Futbolchilardan qiziqchilargacha: Abbosbek Fayzullayev Toshkentda osh berdi — video

Marosimda sport, san’at va madaniyat vakillari, shuningdek, taniqli shaxslar ishtirok etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Toshkent shahrida to‘yidan oldingi osh tadbirini tashkil etdi. Marosimda sport, san’at va madaniyat vakillari, shuningdek, taniqli shaxslar ishtirok etdi.

Tadbirga taniqli sportchilar tashrif buyurdi

Toshkentdagi oshga Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Otabek Umarov ham tashrif buyurdi.

Shuningdek, «Manchester City» himoyachisi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Husanov ham marosimda qatnashdi.

Bokschilar va qiziqchilar ham mehmon bo‘ldi

Mehmonlar orasida ikki karra Olimpiya va jahon chempioni, professional bokschi Bahodir Jalolov ham bor edi.

Tadbirda professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev ham ishtirok etdi.

Bundan tashqari, «Bravo» kulgi jamoasi a’zosi va qiziqchi Umid Umarov ham mehmonlar safidan joy oldi.

Marosimda ko‘plab mashhurlar jam bo‘ldi

Abbosbek Fayzullayevning nahorgi osh tadbiri sport, san’at va madaniyat vakillarini bir davrada jamladi. Marosimdan olingan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalib, muxlislar e’tiborini tortdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov avtomobil bilan taqdirlangani haqida xabar berilgandi. Tantanali marosimda futbolchilarga XPENG X9 premium elektr krossoverlari kalitlari topshirildi.