Hindistonlik talaba O‘zbekistonda o‘ldirildi — tafsilotlar

eʼlon qilindi
Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda
Hindistonlik talaba O‘zbekistonda o‘ldirildi — tafsilotlar
Foto: Pexels

O‘zbekistonda 22 yoshli hindistonlik tibbiyot talabasi o‘z yurtdoshi tomonidan o‘ldirilgani aytilmoqda. Hodisaga ikki talaba o‘rtasida kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan, deya xabar bermoqda Onmanorama nashri.

Marhuma Hindistonning Kerala shtatidagi Alappuja hududidan bo‘lgan Savariya ismli talaba ekani ma’lum qilingan. Gumonlanuvchi esa Malappuram hududida tug‘ilgan Sadharul Anam bo‘lib, hozirda O‘zbekistonda hibsga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 3-iyul atrofida sodir bo‘lgan. Talabalar o‘rtasidagi mojaro vaqtida gumonlanuvchi Savariyaning boshiga noutbuk bilan urgan. Jarohat olgan qiz shifoxonaga yotqizilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Keyinchalik jabrlanuvchida ichki qon ketishi kuzatilgan va u shifoxonada vafot etgan. Marhumaning jasadi Hindistonga olib ketilgan. Uni olib ketish uchun qizning amakisi O‘zbekistonga kelgan, otasi esa Quvaytda ishlagani sababli safarga chiqa olmagan. Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» AQSh Raul Kastroga qotillik bo‘yicha ayblov e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek