O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan har uchinchi avtomobil — Cobalt

7-iyul 2026 13:29 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet Cobalt
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar – may oylarida 190,5 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, shundan 69,3 mingtasi Cobalt hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 19,3 ming donaga oshgan.

Har uchinchi avtomobil — Cobalt

Cobalt olish uchun kredit shartlari yengillashdi
Cobalt olish uchun kredit shartlari yengillashdi / Foto: You Tube

Cobalt mamlakatda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil bo‘ldi. Uning ulushi jami ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning qariyb 36 foizini tashkil etdi. Bu deyarli har uchinchi yangi avtomobil Cobalt bo‘lganini anglatadi.

Damas ikkinchi o‘rinni egalladi

Foto: Chevrolet

Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinda Damas qayd etildi. Ushbu modeldan 35,3 ming dona ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, 18,5 ming dona Tracker va 15,2 ming dona Onix ishlab chiqarilgan.

KIA va BYD ishlab chiqarishi 10 mingdan oshdi

Shuningdek, yanvar – may oylarida 11,1 ming dona KIA, 10,1 ming dona BYD, 4 ming dona Haval va 3,2 ming dona Chery avtomobillari ishlab chiqarilgan.

Bundan tashqari, 23,8 ming dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning yanvar – may oylarida O‘zbekistonda jami 146,3 ming dona avtomobil sotildi. Modellar kesimida Chevrolet Cobalt eng ko‘p sotilgan model bo‘ldi. Hisobot davrida ushbu modeldan 35,2 ming dona sotilgan. Ikkinchi o‘rinni 29,7 ming dona natija bilan Damas egalladi.

Shuningdek