Dollar tushdi: 9-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar 8-iyul kuni 20,73 so‘mga tushib, 12 021,32 so‘mga tenglashgan edi
Dollar yana tushdi: 18-may uchun valyutalar kursi
Foto: depositphotos

9-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 16,57 so‘mga tushib, 12 004,75 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

2-iyul kuni 75,03 so‘mga tushib, 11 934,20 so‘mni, 3-iyul kuni esa 24,58 so‘mga tushib, 11 909,66 so‘mni tashkil etdi. 6-iyul kuni 64,24 so‘mga tushib, 11 973,90 so‘mga, 7-iyul kuni 68,15 so‘mga oshib, 12 042,05 so‘mga, 8-iyul kuni esa 20,73 so‘mga tushib, 12 021,32 so‘mga tenglashdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 42,94 so‘mga tushib, 13 691,42 so‘mni, rubl esa 0,53 so‘mga tushib, 157,11 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek