Google Pixel 11 smartfonlari 12-avgustda taqdim etiladi

8-iyul 2026 08:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Google Pixel 11 smartfonlari 12-avgustda taqdim etiladi
Foto: Mark Gurman

Google kompaniyasi yangi avlod Google Pixel 11 smartfonlari taqdimoti 12-avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. «Made by Google» tadbiri Nyu-York shahrida tashkil etiladi.

Taqdimotda Pixel 11, Pixel 11 Pro, Pixel 11 Pro XL va bukiluvchi Pixel 11 Pro Fold modellari namoyish etilishi kutilmoqda. Yangi qurilmalar sotuvga chiqarilganda Android 17 operatsion tizimi o‘rnatilgan dastlabki smartfonlar qatoridan joy olishi mumkin.

Google tarqatgan taklifnomada yangi smartfon tasviri ham aks etgan. U avvalroq internetda paydo bo‘lgan Pixel 11 Pro suratlariga o‘xshaydi. Kompaniya qurilmalarda tekis metall ramka va korpusning deyarli butun enini egallaydigan gorizontal kameralar blokidan iborat an’anaviy dizaynni saqlab qolishi kutilmoqda.

Foto: Mark Gurman

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Pixel 11 turkumidagi smartfonlarning Yevropadagi narxi avvalgi avlodga nisbatan 100 yevroga oshishi mumkin. Shu bilan birga, boshlang‘ich modellardagi ichki xotira hajmi 128 gigabaytdan 256 gigabaytgacha ko‘paytirilishi aytilmoqda.

Brend haqida

Google smartfon bozoriga 2010-yilda Nexus qurilmalari orqali kirgan, Pixel brendi ostidagi ilk telefonlarini esa 2016-yilda taqdim etgan. Pixel smartfonlari asosan o‘rta-yuqori va premium segment uchun ishlab chiqariladi. Ular sof Android tizimi, tezkor yangilanishlar, kuchli kamera hamda sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Avvalroq «Kursiv» Google 100 dollarlik Google Home smart kolonkasini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek