Sport

Murodjon Ahmadaliyev Abbosbek Fayzullayev to‘yidan rasm joyladi

Murodjon Ahmadaliyev Abbosbek Fayzullayev to‘yidan rasm joyladi
Foto: Instagram

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev futbolchi Abbosbek Fayzullayev to‘y tadbirlaridan rasm joyladi. U Instagram sahifasida hikoya joyladi.

Shuningdek, tarmoq foydalanuvchilaridan biri Otabek Umarov va Fayzullayev tushga suratni ulashgan. Nahor osh tadbiriga ko‘plab mashur insonlar tashrif buyurgan.

Murodjon Ahmadaliyev Abbosbek Fayzullayev to‘yidan rasm joyladi
Foto: Instagram

Futbolchi shu kunlarda to‘y tashvishlari bilan band. Uning nikoh kechasi 10-iyul kuni poytaxtdagi to‘yxonalardan birida o‘tkazilishi kutilmoqda. Nahor oshi tadbirlari Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazildi.

Foto: Instgram

Futbolchi haqida

Abbosbek Fayzullayev 2003-yil 3-oktabrda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Bo‘yi 1,67 metr bo‘lgan futbolchi o‘ng qanot hujumchisi sifatida to‘p tepadi. U hozirda Turkiyaning «Bashakshehir» klubi sharafini himoya qilmoqda va jamoa bilan shartnomasi 2030-yil 30-iyungacha amal qiladi.

Foto: Instagram

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Fayzullayevning transfer qiymati 7 mln yevroni tashkil etadi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 35 ta uchrashuv o‘tkazib, 9 ta gol urgan. Futbolchi klub miqyosida ham bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Avvalroq «Kursiv» Abbosbek Fayzullayev nikoh tadbirlaridan video ulashilgani haqida yozgan edi.