Shveysariya penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘llanma oldi

8-iyul 2026 03:52 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionatining nimchorak final bosqichi doirasida Shveysariya hamda Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Kanadaning Vankuver shahridagi «BC Place» stadionida o‘tgan bahs taqdirini penaltilar seriyasida hal qildi.

Foto: FIFA.com

Uchrashuv davomida ikkala jamoa ham himoyaviy o‘yin namoyish etdi va raqib darvozasiga yo‘l topishga jiddiy qiynaldi. Hakamning asosiy vaqtni yakunlovchi hushtagi chalinganda tablodagi hisob 0:0 ko‘rinishida saqlanib qoldi va jamoalar g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l olishdi.

Foto: FIFA.com

Qo‘shimcha taymlarda ham ehtiyotkorlik birinchi o‘ringa chiqib, darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi. G‘olib nomi esa penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Shveysariya futbolchilari aniqroq harakat qilib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etishdi.

Foto: FIFA.com

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, turnirning chorak finalida Shveysariya Lionel Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina o‘zining nimchorak finaldagi uchrashuvida Misr bilan bahs olib bordi. Dastlab 0:2 hisobida ortda borayotgan janubiy amerikaliklar yakunda ajoyib irodali g‘alabani qayd etib, 3:2 hisobida zafar quchishgan edi.

Shuningdek