Toshkentda ikki fuqaro 22 ta qurol va 298 ta o‘q-dori topshirdi

eʼlon qilindi
21 ta ov quroli
Toshkentda ikki fuqaro 22 ta qurol va 298 ta o‘q-dori topshirdi
Foto: DXX

Toshkent shahrida ikki fuqaro marhum yaqinlaridan qolgan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ixtiyoriy ravishda topshirdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Holat 1-iyuldan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida aniqlangan.

Yakkasaroy tumanida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro marhum otasi alohida istiqomat qilgan xonadondan topilgan bitta miltiq, 19 ta ov quroli, 13 ta stvol va kolodka, 117 ta o‘q-dori hamda boshqa ehtiyot qismlarni tegishli organlarga topshirgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining poytaxt boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tadbirda Mirobod tumanida yashovchi 1960-yilda tug‘ilgan ayol marhum turmush o‘rtog‘iga tegishli ikkita ov quroli va 181 ta o‘q-dorini ixtiyoriy ravishda topshirgan.

Avvalroq «Kursiv» jamoat joyida sovuq qurollarni olib yurishga ikki million so‘mgacha jarima solinishi haqida yozgan edi.

Shuningdek