Sport

Abbosbek Fayzullayevning turmush o‘rtog‘i, Abduqodir Husanovning nikoh to‘yi qanday bo‘lgan — 9-iyul kungi dayjest

Kunning eng muhim mahalliy va xorijiy yangiliklari jamlandi
Foto: Instagram / Abbosbek Fayzullayev

Abbosbek Fayzullayev Rossiyada tanqid qilinmoqda

Sobiq SSSR terma jamoasi himoyachisi Vladimir Ponomaryov tomonidan Abbosbek Fayzullayev tanqid ostiga olingan. U Portugaliyaning O‘zbekiston ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvini eslab o‘tgan.

Davomi…

Futbolchi Abbosbek Fayzullayev oila qurdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlardan olindi

Abbosbek Fayzullayev kimga uylanyapti — namanganlik kelin haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning to‘y marosimlari bo‘lib o‘tayotgani haqidagi lavhalar kuzatuvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Davomi…

Foto: Instagram / Ro‘ziboyev
Foto: Instagram / Nursulton Ro‘ziboyev

Nursulton Ro‘ziboyev Qodirov sovg‘a qilgan avtomobilni qabul qilib oldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tegishli «Axmat» klubi tomonidan sovg‘a qilingan Roewe M7 DMH avtomobilini qabul qilib oldi. Sportchi bu haqda Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Davomi…

O‘qishni ko‘chirish testlari bo‘yicha apellatsiya jarayoni boshlandi
O‘qishni ko‘chirish testlari bo‘yicha apellatsiya jarayoni boshlandi / Foto: Facebook / Sun’iy intellekt

O‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maxsus sinovlarning o‘tish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Davomi…

Foto: Sports.ru

Abduqodir Husanov ilk nikoh kechasidan nega voz kechgan

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘yidan bir necha soat o‘tib, terma jamoa bilan Birlashgan Arab Amirliklariga uchib ketgan. Bu haqda futbolchining agenti G‘ayrat Hasbiullin «Sport-Ekspress» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Davomi…

Toshkentda suvga sakragan ayol va qutqarishga uringan Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi
Foto: Getty Images

Toshkentda suvga sakragan ayol va uni qutqarishga uringan Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi

Toshkent shahridagi Bo‘zsuv kanalida yuz bergan fojiali hodisa oqibatida suvga sakragan ayol va uni qutqarishga uringan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Millar» dasturida ma’lum qilindi.

Davomi…

Pavel Durov Parijda olti soat so‘roq qilindi
Foto: Kod Durov

Pavel Durov Parijda olti soat so‘roq qilindi

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada olib borilayotgan tergov doirasida yana bir bor tergov sudyalari tomonidan so‘roq qilindi. Bu haqda Kod Durov kanalida ma’lum qilindi.

Davomi…

AQShda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTHda talaba halok bo‘ldi
AQShda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTHda talaba halok bo‘ldi / Foto: NBC4

AQShda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTHda talaba halok bo‘ldi

AQShda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida universitet futbol jamoasi darvozaboni halok bo‘ldi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

Davomi…

O‘zbekistonda film olgan xorijiy kinokompaniyalar xarajati qoplab beriladi
O‘zbekistonda film olgan xorijiy kinokompaniyalar xarajati qoplab beriladi / Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda film olgan xorijiy kinokompaniyalar xarajati qoplab beriladi

O‘zbekistonda film suratga oladigan xorijiy kinokompaniyalarga 25 foizgacha xarajat qoplab beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Davomi…

Rasman: Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov Portugaliyaning "Braga" klubiga o‘tdi
Rasman: Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov Portugaliyaning «Braga» klubiga o‘tdi / Foto: «Braga»

Rasman: Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov Portugaliyaning «Braga» klubiga o‘tdi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov Portugaliyaning «Braga» klubi futbolchilariga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Davomi…