O‘zbekistonda yoshlar soni 9,7 mln nafarga yetdi

O‘zbekistonda 14–30 yoshdagi yoshlar soni 9 718 877 nafarni tashkil etdi. Bu haqda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalarida ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yoshlarning 4 992 002 nafari erkaklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayollar soni esa 4 726 875 nafarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholisining 55,7 foizi mehnatga layoqatli yoshda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 21,7 mln kishini tashkil etadi.
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdan kichik aholi soni 12,5 mln kishiga teng. Bu jami aholining 32 foizini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning zamonaviy tarixdagi ilk aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish kampaniyasi budjetga $4,68 mlnga tushdi. Mas’ul xodimning so‘zlariga ko‘ra, bir kishini ro‘yxatga olish xarajatlari atigi 12 sentni tashkil etgan. Shu bilan birga, e’lon qilingan dastlabki natijalarga ko‘ra, respublika aholisining umumiy soni 39 047 321 nafarga yetgan.