O‘zbekistonda yuk avtomobillari importiga «rastamojka» bekor qilindi

eʼlon qilindi
2027-yil oxirigacha ayrim yuk avtomobillari importi bojxona bojidan ozod etiladi
O‘zbekistonda yuk avtomobillari importiga «rastamojka» bekor qilindi
Foto: Migratsiya agentligi

O‘zbekistonda yuk tashuvchi avtomobillar parkini yangilash va logistika sohasini rivojlantirish maqsadida tadbirkorlar uchun yangi bojxona imtiyozlari joriy etildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Prezident qarori bilan 2027-yil 31-dekabrgacha ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan ayrim yuk transport vositalari (samosvallardan tashqari) importida bojxona boji hamda utilizatsiya yig‘imi nol stavkada qo‘llanadi.

Qaysi transport vositalariga imtiyoz beriladi

Imtiyozlar Yevro-5 va undan yuqori ekologik standartlarga javob beradigan yuk avtomobillari, shuningdek, to‘la vazni 15 tonnadan ortiq yoki yukxonasining ichki hajmi kamida 76 kub metr bo‘lgan yarim tirkamalar uchun amal qiladi.

Imtiyoz qachon bekor qilinadi

Qarorga ko‘ra, mazkur transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganidan keyin uch yil ichida eksportga sotilsa yoki yoqilg‘i turini o‘zgartirishdan tashqari qayta jihozlanib, TIF TN kodi o‘zgarsa, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinadi. Bunday hollarda tegishli bojxona to‘lovlari qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.

Sertifikatlash bo‘yicha yengillik ham joriy etiladi

Qarorda Yevropa standartlariga mos keladigan ushbu yuk transport vositalarini importida ularni majburiy sertifikatlashdan vaqtincha ozod etish bo‘yicha ham tegishli qaror qabul qilinishi belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2030-yilgacha chegaradan oʻtuvchi yuk mashinalari soni kuniga 10,5 mingtaga yetkazilishi haqida yozgandi.

Shuningdek