Davlat organlarining 5 mingta ma’muriy funksiyasi raqamlashtiriladi

eʼlon qilindi
2028-yil yakuniga qadar
Число вакансий в Узбекистане в 2025 году
Davlat organlarining 5 mingta ma’muriy funksiyasi raqamlashtiriladi / Foto: Tyler Franta / Unsplash

O‘zbekistonda 2028-yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta ma’muriy funksiyasi raqamlashtirishga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Asosiy maqsad nima

Prezidentning «Raqamli hukumat» tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani joriy etishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2028-yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta ma’muriy funksiyasi raqamlashtiriladi. Shuningdek, davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish rejalashtirilgan.

Yagona platforma qanday vazifalarni bajaradi

Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kiberxavfsizligini ta’minlashda yagona arxitektura va standartlarni qo‘llashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislar orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonini tezlashtirish, standartlashtirish va xarajatlarni kamaytirish ko‘zda tutilgan.

2027-yildan yangi tartib joriy etiladi

Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlarida ichki hujjat aylanishi, qarorlarni qabul qilish va kelishish, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatish Platforma hamda uning raqamli komponentlari orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

Shuningdek, Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini soddalashtirish maqsadida Open API tamoyili joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq davlat xizmatchilarini ishga olishda korrupsiyaga qarshi xulosa talab etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek