Toshkentda 11 kg gashish moyi olib o‘tilishi to‘xtatildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Toshkentda 11 kg gashish moyi olib o‘tilishi to‘xtatildi
Foto: DXX

Toshkent shahrida Tailanddan Qozog‘istonga olib ketilayotgan 11 kg gashish moyining noqonuniy tranzitiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Holat respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari hamkorligida Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida 2004-yilda tug‘ilgan Qozog‘iston fuqarosiga tegishli sport sumkasi belgilangan tartibda tekshirildi. Sumka ichidan shirinliklar va boshqa mahsulotlar ko‘rinishida qadoqlangan, taxminan 11 kg gashish moyi topildi.

Foto: DXX

Aniqlangan giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shaxs narkotik moddani Tailanddan olib kelgan va uni Qozog‘istonga yetkazib berishi kerak bo‘lgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onada 1,5 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgan shaxs aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek