Yangiliklar

11-iyul kuni uchun ob-havo prognozi — jadval

11-iyul soat 20:00 gacha amal qiladi
11-iyul kuni uchun ob-havo prognozi — jadval / Foto: Kursiv Uzbekistan

11-iyul kuni ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 25–43°C, kechasi 15–29°C atrofida bo‘ladi. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi, ayrim hududlarda esa shamol kuchayib, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.

Quyida ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:

HududKunduzgi haroratKechki haroratYog‘ingarchilik
Toshkent shahri38–40°C24–26°CKutilmaydi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati38–43°C22–27°CKutilmaydi
Buxoro va Navoiy viloyatlari38–43°C22–27°C (cho‘l hududlarda 30–33°C gacha)Kutilmaydi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari35–40°C22–27°CKutilmaydi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari38–43°C24–29°CKutilmaydi
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari35–40°C22–27°CKutilmaydi
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari25–30°C15–20°CAyrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 13 – 17-iyul kunlari O‘zbekistonda anomal issiq kuzatilishi haqida yozgan edik.