Sport

Abbosbek Fayzullayevning nikoh to‘yi boshlandi — foto

Abbosbek Fayzullayevning to‘yi boshlandi — foto
Manba: Instagram

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning to‘yi bugun, 10-iyul kuni bo‘lib o‘tmoqda.To‘y marosimidan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Abbosbek Fayzullayev so‘nggi yillarda O‘zbekiston futbolining eng taniqli vakillaridan biriga aylandi. Shu bois uning shaxsiy hayotidagi ushbu voqea ham futbol jamoatchiligi va muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Foto: Instagram/ @bugunsportrasmiy

Futbolchi haqida

Abbosbek Fayzullayev 2003-yil 3-oktabrda tug‘ilgan. U yarim himoyachi sifatida harakat qiladi. Futbolchi faoliyatini Toshkentning «Paxtakor» klubida boshlagan va ushbu jamoa bilan O‘zbekiston chempionatida bir necha bor g‘olib chiqqan.

Foto: Instagram

2023-yilda Fayzullayev Moskvaning «SSKA» klubiga o‘tdi. Rossiya jamoasi safidagi o‘yinlari orqali u xalqaro miqyosda yanada tanildi. «SSKA» bilan Rossiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, mamlakat chempionatida esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Keyinchalik o‘zbekistonlik futbolchi Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubiga o‘tdi. Fayzullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. U 2023-yilda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Osiyo kubogida g‘olib bo‘lgan. JCH-2026da esa Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda gol urib, O‘zbekistonning jahon chempionatlari tarixidagi ilk goli muallifiga aylangan.

Avvalroq «Kursiv» Abbosbek Fayzullayev kimga uylanayotgani haqida yozgan edi.