Lifestyle

Abduqodir Husanov Fayzullayevning kuyov navkari safida — video

«Manchester City» himoyachisi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi 
Abduqodir Husanov Fayzullayevning kuyov navkari safida — video
Foto: Instagram

«Manchester City» himoyachisi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Husanov Abbosbek Fayzullayevning to‘yi kuni kuyov navkar safida qatnashdi.

Tarqalgan videolarda Husanov Fayzullayev bilan birga kelin tomon yo‘l olgani ko‘rinadi.

Shuningdek, ayrim lavhalarda u hazil tariqasida Fayzullayevning fotografi bo‘lib, uni rasmga olayotgani ham tasvirlangan.

Kuyov navkar safida Abbosbek Fayzullayevning boshqa yaqin do‘stlari ham ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, futbolchiga yaqin manbalarning Kursiv’ga ma’lum qilishicha, tanlagan qaylig‘i 21 yoshli Nisobonu Namangan viloyatining Chust tumanidagi Varzik qishlog‘ida tug‘ilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayevning kuyov navkarida qanday avtomobillar borligi haqida ma’lumot bergandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda kortej safida Rolls-Royce, Porsche, Mercedes-Benz va BMW kabi qimmatbaho avtomobillarni ko‘rish mumkin.