Ehtiyot bo‘ling! 13–17-iyul kunlari O‘zbekistonda anomal issiq kuzatiladi

eʼlon qilindi
Havo harorati 46 darajagacha ko‘tariladi
Ehtiyot bo‘ling! 13–17-iyul kunlari O‘zbekistonda anomal issiq kuzatiladi / Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston hududida kelasi haftada havo haroratining keskin ko‘tarilishi va ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 13–17-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib keladi. Shu sababli respublika bo‘ylab havo harorati sezilarli darajada oshishi prognoz qilinmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, eng issiq kunlarda respublikaning katta qismida havo harorati 41–43 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa 44–46 darajagacha ko‘tariladi.

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda esa chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 8 – 13-iyul kunlari 4 ta hududda sel xavfi e’lon qilingan edi.

Shuningdek