Kameralar 3 oyda 1,5 mingdan ortiq chiqindi bilan bog‘liq huquqbuzarlikni aniqladi

eʼlon qilindi
Holatlarning 1,2 mingtasi fuqarolar tomonidan sodir etilgan
Yil boshidan beri O‘zbekistonda 10 mingga yaqin noqonuniy chiqindi tashlash holati aniqlandi
Foto: Ekologiya vazirligi

O‘zbekistonda 2026-yilning aprel–iyun oylarida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq 1,5 mingta huquqbuzarlik aniqlandi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Aniqlangan holatlarning 1,2 mingtasi fuqarolar tomonidan sodir etilgan. Yana 354 ta qoidabuzarlik transport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan.

Jarimalar summasi 123 mln so‘mdan oshdi

Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Jarimaga tortilganlar ulushi 16,9 foizni tashkil etgan.

Kuzatuv kameralari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha jarimalarning umumiy miqdori 123,4 mln so‘mga yetgan.

700 dan ortiq kamera o‘rnatilgan

Hozir respublikaning deyarli barcha hududlarida 700 dan ortiq onlayn kuzatuv kamerasi ishlamoqda.

Ular chiqindilarni noqonuniy tashlash holatlaridan tashqari, boshqa ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 30 yildan oshgan avtomobillar egalariga majburiy ekologik to‘lov bo‘lmasligi xabar qilingandi. Chiqindilarni boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, hukumat avtomobil parkini yangilashda majburiy to‘lovlar yoki jarimalar emas, balki iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlariga tayanishni maqsad qilgan. Shu sababli eski avtomobillar egalari uchun har yili BHMning 30 baravari miqdorida ekologik kompensatsiya undirish rejasi bekor qilinmoqda.

Shuningdek