Mehnat nizolari bo‘yicha alohida sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Yangi tartib 1-avgustdan kuchga kiradi
sudya
Foto: Zoon.ru

O‘zbekistonda mehnat nizolarini ko‘rib chiqishga ixtisoslashgan sudyalar korpusi tashkil etiladi. Oliy sud Rayosati bu boradagi tegishli qarorni qabul qildi.

Yangi tartib 1-avgustdan kuchga kiradi

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan boshlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning amaldagi shtat birliklari doirasida mehnat nizolarini ko‘rib chiqishga ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Sudyalarning soni belgilandi

Yangi tizimga ko‘ra:

  • Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida 4 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida 3 nafardan ixtisoslashgan sudya faoliyat yuritadi.

Shuningdek, Nukus, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Karmana, Namangan, Termiz, Ohangaron, Farg‘ona va Urganch tumanlararo sudlarida 2 nafardan, Samarqand shahar, Kattaqo‘rg‘on, O‘rtachirchiq, Yangiyo‘l hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlararo sudlarida ham belgilangan miqdorda ixtisoslashgan sudyalar ish olib boradi.

Ishlar yangi tartibda taqsimlanadi

1-avgustdan keyin sudlarga kelib tushadigan mehnat nizolariga oid da’volar faqat ixtisoslashgan sudyalar o‘rtasida taqsimlanadi.

2026-yil 31-iyulgacha sudlarga kelib tushgan, jumladan ish yurituviga qabul qilingan mehnat nizolari esa amaldagi tartib bo‘yicha ko‘rib chiqilib, yakunlanadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda besh nafar sudya lavozimidan ozod etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek