
Jahongir Odilxo‘jayevich Ahmedov Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari – Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Shuningdek, Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Bundan tashqari, Odiljon Abdug‘aniyevich Abduqahorov hamda Sanjar Baxtiyorovich Bobojonov Madaniyat vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Tayinlov munosabati bilan Sanjar Bobojonov prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasining bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Baxodir Majitovich Ahmedov va Avazxon Baxadirovich Tajixanov Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Murodjon Abdullayevich Majidov hamda Yusufjon Kamoldinovich Usmonov esa Madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq teatr aktyori Xasan Salixov prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili bo‘lgan edi.