Ro‘ziboyevning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

10-iyul 2026 10:39 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Ro‘ziboyevning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi
Foto: Instagram

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Mashrabjon Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. U 11-iyul kuni Rossiya poytaxti Moskvadagi Vegas City majmuasida o‘tkaziladigan Open FC 67 turnirida oktagonga chiqadi.

Ro‘ziboyev mazkur turnirda braziliyalik Gabriel Miranda bilan jang qiladi. Miranda UFC sobiq jangchisi bo‘lib, dunyoning eng nufuzli MMA tashkilotida to‘rtta bahs o‘tkazgan. U, shuningdek, Brave CF turnirlarida ham qatnashgan.

«Uchuvchi» laqabi bilan tanilgan braziliyalik sportchi tajribali raqib sifatida baholanmoqda. Shu sababli mazkur jang Ro‘ziboyev uchun faoliyatidagi muhim sinovlardan biri bo‘lishi mumkin.

Foto: Instagram

Sportchi haqida

Foto: Ochiq manba

Mashrabjon Ro‘ziboyev UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi hisoblanadi. U Open FC muxlislari orasida yaxshi tanilgan bo‘lib, tashkilot doirasida uchta jang o‘tkazgan.

O‘zbekistonlik sportchi professional faoliyati davomida 20 ta g‘alabaga erishgan. Ularning 17 tasi muddatidan oldin yakunlangan. Bu ko‘rsatkich Ro‘ziboyevning janglarni faol olib borishi va raqiblariga yuqori bosim o‘tkaza olishini ko‘rsatadi.

Mashrabjon Ro‘ziboyev 2023-yildan buyon ilk bor oktagonga qaytmoqda. Uzoq tanaffusdan keyingi ushbu jang sportchining hozirgi sport formasi va kelgusi faoliyatidagi istiqbollarini ko‘rsatib berishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nursulton Ro‘ziboyev Qodirov sovg‘a qilgan avtomobilni qabul qilib olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek