12-iyul kuni havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladi — ob-havo prognozi

eʼlon qilindi
Prognoz 12-iyul 20:00 gacha amal qiladi
7-may kuni havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
12-iyul kuni havo harorati 43° gacha ko‘tariladi — ob-havo prognozi / Foto: ChatGPT

12-iyul kuni O‘zbekistonning aksariyat hududida issiq ob-havo saqlanib qoladi, ayrim viloyatlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.

Mamlakatning asosiy hududlarida kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 35–40 daraja, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda esa 43 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, ba’zan 10–12 m/s gacha kuchayishi hamda ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli mavjud. Kunduzi havo harorati 37–39 darajani tashkil etadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi hamda tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ushbu hududlarda havo harorati 25–30 daraja atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 13 – 17-iyul kunlari O‘zbekistonda anomal issiq kuzatilishi haqida ogohlantirgan edik.

Shuningdek