
Jahon chempionatining chorak final bosqichida Angliya terma jamoasi Norvegiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. Uchrashuvda inglizlar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv dastlabki daqiqalardanoq hujumkor ruhda boshlandi. Ikkala jamoa ham keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bor imkoniyatini ishga soldi. O‘yinning 36-daqiqasida Martin Edegorning aniq uzatmasidan so‘ng Andreas Shelderup hisobni ochib, norvegiyaliklarni oldinga olib chiqdi — 1:0.

Inglizlar ham osonlikcha taslim bo‘lishni istamadi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 45+2-daqiqada Entoni Gordonning pasidan so‘ng Jud Bellingem muvozanatni tikladi va jamoalar tanaffusga durang hisobda yo‘l oldi — 1:1.

O‘yinning asosiy vaqti durang natija bilan yakunlandi va g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. Ekstra taymlarning 93-daqiqasida Jud Bellingem dubl qayt etib, Angliyani hisobda oldinga olib chiqdi. Morgan Rojers uzoq masofadan bergan zarbadan so‘ng yuzaga keldi. Darvozabon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va qaytgan to‘pni Bellingem darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi — 1:2.

Ma’lumot o‘rnida, Angliya yarim final bosqichida Argentina va Shveysariya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq Kursiv nashri Ispaniya Belgiyadan ustun kelib, yarim finalga yo‘llanma olgani haqida xabar bergan edi.