14-iyul kuni havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

eʼlon qilindi
14-iyul 20:00 gacha amal qiladi
14-iyul kuni harorat 45 darajagacha ko‘tariladi / Foto: Vadim Yerzikov / Kursiv Uzbekistan

14-iyul kuni O‘zbekistonda havo asosan quruq va juda issiq bo‘ladi. Kunduzgi harorat +35…+45°C, kechasi +22…+30°C atrofida bo‘ladi. Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq kuzatilishi hamda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:

HududKunduzgi haroratKechki haroratYog‘ingarchilik
Toshkent shahri+38…+40°C+24…+26°CKutilmaydi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati+39…+44°C+24…+29°CKutilmaydi
Buxoro va Navoiy viloyatlari+40…+45°C+25…+30°CKutilmaydi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari+38…+43°C+23…+28°CKutilmaydi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari+39…+44°C+25…+30°CKutilmaydi
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari+35…+40°C+22…+27°CKutilmaydi
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari+28…+33°C+15…+20°CAyrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq (sel-suv toshqini xavfi mavjud)

Eslatib o‘tamiz, 13 – 17-iyul kunlari O‘zbekistonda anomal issiq kuzatiladi.

Shuningdek