Izmir va Toshkent o‘rtasida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-avgustdan
Izmir va Toshkent o‘rtasida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Sunexpress

Turkiyaning SunExpress aviakompaniyasi 2026-yil 1-avgustdan Izmir–Toshkent–Izmir yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Yangi yo‘nalishda 189 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan Boeing 737-800 samolyotlari qatnaydi. Bu Toshkent va Izmir o‘rtasidagi ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnov bo‘ladi.

Turistik va biznes aloqalar kengayadi

Yangi reyslar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi turistik, biznes va madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, yo‘lovchilar uchun ikki shahar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnov imkoniyati yaratiladi.

SunExpress O‘zbekiston bozoriga kirib keladi

SunExpress O‘zbekistonga muntazam reyslarni boshlayotgan uchinchi Turkiya aviakompaniyasiga aylanadi.

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Turkish Airlines hamda AJet muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.

Farg‘ona vodiysiga ham reyslar ochilishi mumkin

Aviakompaniya kelgusi yil boshidan Farg‘ona vodiysidagi aeroportlarga ham muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro — Sariosiyo yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi. Yangi reyslar Silk Avia aviakompaniyasi tomonidan har hafta juma kuni amalga oshiriladi. Parvoz jadvaliga ko‘ra, samolyot Buxorodan soat 08:30 da uchib, 09:30 da Sariosiyoga yetib boradi. Qaytish reysi esa 10:10 da Sariosiyodan jo‘nab, 11:20 da Buxoroga qo‘nadi.

Shuningdek