Jaziramada poyezd vagonlari sovutish tizimi yaxshi ishlamasligi mumkin

eʼlon qilindi
Vagonlarning metall konstruksiyalari va tashqi qoplamasi qizishi natijasida
Jazirama sabab poyezd vagonlarida sovutish tizimi yaxshi ishlamasligi mumkin / Rasm sun’iy intellekt asosida yaratildi

Anomal issiq havo sharoitida poyezd vagonlarida sovutish tizimi samaradorligi pasayishi mumkin. O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi AJ yo‘lovchilarni ogohlantirdi.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, hafta davomida respublika hududida havo harorati yanada ko‘tariladi. Kunduz kunlari ayrim hududlarda harorat +41…+44 darajagacha yetishi prognoz qilinmoqda.

Yuqori havo harorati tufayli yo‘lovchi vagonlarining metall konstruksiyalari va tashqi qoplamasi qizishi natijasida sovutish tizimlarining samaradorligi vaqtincha pasayishi mumkin.

Shu sababli ayrim yo‘lovchi vagonlarida belgilangan haroratni bir maromda saqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Kompaniya yuqori havo harorati oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rab, vaziyatni tushunish bilan qabul qilganlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kuchli issiq kuzatilayotgan kunlarda ayrim toifadagi xodimlarga ish kuni davomida qo‘shimcha tanaffuslar berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek