O‘zbek filmlari Polsha telekanalida namoyish etiladi

13-iyul 2026 11:42 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
O‘zbek filmlari Polsha telekanalida namoyish etiladi
Kollaj: «Dunyo» AA

Polshaning «TVT» telekanali o‘zbek filmlari va seriallarini namoyish etishni rejalashtirmoqda. «Dunyo» yozishicha, dastlabki bosqichda 10 ta badiiy film va 10 ta serial polyak tiliga tarjima qilinib, ovozlashtiriladi.

O‘zbek kinosi orqali mamlakat targ‘ib qilinadi

O‘zbekiston diplomatlari «TVT» telekanali bosh direktori Roman Olma bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekistonning turistik, madaniy va tarixiy salohiyatini Polsha auditoriyasiga tanishtirish, shuningdek, milliy kino mahsulotlari orqali mamlakat imijini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

10 ta film polyak tiliga tarjima qilinadi

Loyihaning dastlabki bosqichida «Yakshanba», «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i», «Issiq non», «Omad», «Ilhaq», «Mendirman Jaloliddin», «Baron», «Abdullajon», «Mahallada duv-duv gap» va «Shum bola» filmlarini namoyish etish rejalashtirilgan.

Ular polyak tiliga tarjima qilinib, ovozlashtiriladi va telekanal efiriga uzatiladi.

O‘zbek seriallari ham namoyish etiladi

Seriallar ro‘yxatiga «Sabr», «Ko‘cha», «Zebo», «Ona», «Yulduzlar mangu yonadi», «Sariq devni minib», «Qodirxon», «Sinchkov», «Yashirin hovli» va «Alvido» kiritilgan.

Texnik xarajatlarni telekanal qoplaydi

«TVT» vakillari tarjima, diktorlik matnlarini tayyorlash va ovoz yozish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirdi.

Loyiha o‘zbek kino va seriallarini Polsha auditoriyasiga kengroq tanishtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda film olgan xorijiy kinokompaniyalar xarajati qoplab beriladi. Unga ko‘ra, xarajatlar summasi 3 mlrd so‘mgacha bo‘lsa 10 foiz, 3 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha bo‘lsa 15 foiz, 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lsa 20 foiz, 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lsa esa 25 foiz miqdorida qoplab beriladi. Bunda bitta film uchun qaytariladigan mablag‘ 4 mlrd so‘mdan oshmaydi.

Shuningdek