Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga uning otasi, mamlakatning sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafot etgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
Davlat rahbari hamdardlik maktubida Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning uzoq yillar davomida Qatar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini alohida qayd etdi. Unda sobiq Amir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, aholi turmush darajasi va farovonligini yuksaltirish hamda Qatarni har tomonlama taraqqiy ettirish yo‘lida katta xizmat qilgani ta’kidlangan.
Shavkat Mirziyoyev marhumni o‘z Vatanining chinakam fidoyi va olijanob farzandi sifatida e’tirof etdi. Prezident, shuningdek, Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga munosib hissa qo‘shganini bildirdi.
«O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga munosib ulush qo‘shgan Shayx Hamad Ol Soniy A’lo Hazratlarining yorqin xotirasi va o‘chmas nomi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi», — deyiladi hamdardlik maktubida.
Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyev Qatar amiriga hamdardlik bildirgani haqioda yozgan edi.