Yo‘q qarzdorlik uchun pul undirmoqchi bo‘lgan gazchi qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
U fuqarodan 8 mln so‘mlik "qarzdorlik" uchun 3 mln so‘m pora talab qilgan
Yo‘q qarzdorlik uchun pul undirmoqchi bo‘lgan gazchi qo‘lga tushdi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Andijon viloyatida gaz ta’minoti xodimi firibgarlikda gumon qilinib, 3 mln so‘m pora olyotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi, «Hududgaz Andijon» komplaens xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, «Oltinko‘ltumangaz» gazchisi fuqaro xonadonida tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa-da, go‘yoki gaz hisoblagichi nosozligi sababli 8 mln so‘m qarzdorlik yuzaga kelganini aytgan.

Shuningdek, u dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va ushbu qarzdorlikni yo‘q qilib berish evaziga fuqarodan 3 mln so‘m talab qilgan. Xodim fuqarodan 3 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urgut tumani prokurori o‘rinbosari pora bilan ushlangan edi.

Shuningdek