Behruz Karimov maqtovga arziydimi: uning statistikasi yangilandi

14-iyul 2026 17:04 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Behruz Karimov maqtovga arziydimi: uning statistikasi yangilandi
Manba: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov 2026-yilgi jahon chempionatida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi. U har ikki bahsni asosiy tarkibda boshladi va jami 180 daqiqa o‘ynadi. Fox Sports uning o‘yinlarini tahlil qildi.

18 yoshli futbolchi Kolumbiya hamda Portugaliyaga qarshi uchrashuvlarda O‘zbekistonning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi. Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, Karimov jahon chempionatida 41 ta aniq uzatmani amalga oshirgan. Uning paslar aniqligi 80,4 foizni tashkil etgan, futbolchi sakkiz marta to‘pni yo‘qotgan.

Manba: Fox Sports

Karimovning mundialdagi ishtiroki uning katta futbolga kirib kelishidagi muhim bosqich bo‘ldi. FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, u 2026-yilgi jahon chempionatining eng yosh futbolchilaridan biri bo‘lib, musobaqa boshlanishi arafasida 18 yosh-u 308 kunlik edi.

Karimov haqida

Foto: Getty Images

Behruz Karimov 2007-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. U o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynaydi va ayni paytda Termizning «Surxon» klubi sharafini himoya qilmoqda. Futbolchi klub bilan 2027-yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga ega.

Karimov 2025-yilgi mavsumda «Surxon» safida 14 ta uchrashuvda qatnashib, ularning 11 tasini asosiy tarkibda boshlagan va to‘rtta gol urgan. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, u jamoasining hujumlariga faol qo‘shilishi bilan ajralib turgan. 2026-yil mart oyida futbolchi ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Behruz Karimov yana bir ligaga tavsiya qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek