Bekobod shahriga yangi hokim tayinlandi

Ismoilov Narimonjon No‘monovich Toshkent viloyati Bekobod shahriga hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Bekobod shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shahar hokimini tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi. Sessiyada shu paytgacha Bekobod shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Babayev Nasrulla Nurillayevich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Bekobod shahri hokimi lavozimiga shu paytga qadar Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi maxsus sanoat parki direksiyasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Ismoilov Narimonjon No‘monovich nomzodini tavsiya etdi.
Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari tomonidan Narimonjon Ismoilov Bekobod shahri hokimi etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmning Hazorasp va Yangibozor tumaniga yangi hokimlar tayinlangan edi.