Endi davlat xususiylashtirish natijalarini o‘zgartira olmasligi mumkin

eʼlon qilindi
Bunday ishlarni sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilmaslik taklif etilmoqda
Davlat aktivlarini xususiylashtirish tartibi soddalashtirildi
Foto: Freepik

O‘zbekistonda davlat organlari va sudlarning xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish bo‘yicha tashabbus bilan chiqishi cheklanishi mumkin. Bunday ishlarni sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilmaslik taklif etilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tadbirkorlik faoliyati kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Muhokamalar yakunida hujjat qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Tadbirkorlikning asosiy prinsiplari belgilanadi

Loyihada tadbirkorlik subyektlarining tengligi, ishonchning himoya qilinishi, mulk daxlsizligi hamda qonunchilikning barqarorligi va aniqligi asosiy prinsiplar sifatida belgilanmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratish nazarda tutilgan.

Reyestrga kiritilmagan talab uchun jazo bo‘lmaydi

Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar maxsus reyestrda jamlanadi. Agar biror talab ushbu reyestrga kiritilmagan bo‘lsa, tadbirkor uni bajarmagani uchun javobgarlikka tortilmaydi.

Yangi cheklovlar tadbirkorlar bilan muhokama qilinadi

Tadbirkorlarga yangi majburiyat yoki cheklov yuklaydigan hujjatlar avval biznes vakillari ishtirokida muhokama qilinishi kerak bo‘ladi.

Bunday hujjatlar tartibga solish ta’siri ijobiy baholangandagina qabul qilinishi mumkin.

Jarimalarni bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi

Qonun loyihasida tadbirkorlarga qo‘llangan moliyaviy sanksiyalarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoniyatini yaratish ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, biznesga beriladigan imtiyoz va preferensiyalar bo‘yicha alohida reyestr yuritilishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fitch Ratings agentligi «Aloqabank»ning kelajakdagi xususiylashtirilishi bo‘yicha rejalar qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qilgandi

Shuningdek